Ayol! Bu muqaddas so`zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qayinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman.Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi ezozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne- ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali- hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib- tarab, o`qishga, ishga kuzatadigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yegulilarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Eh -he ayol dunyoni larzaga solguvchi, qalblarni to`lqinlartiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardir.
Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol o’zidan yahshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol hushfel va hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir Ayolning ta’rif –u-tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda ayollar yurtimizda , jamiyatda va oilada katta ro’l o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir qo’lida beshikni , bir qo;li bilan dunyoni tebratadi”- deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z oilamizga onamiz, ustozimlarimiz namoyon bo’ladi.
Masharipova Saodatjon,
16 yosh
Urganch shaxri
AYOLNING XAYOTDAGI O’RNI
Ayol bu so’z zamirida olam olam ma’no bor ,,ayol borki olam munavvar’’bu so’z bejizga ishlatilmaydi negaki jamiyatimizni ularsiz tassavur eta olmaymiz ,xozirgi davr ayoli bilan o’tgan davrni ayollarini taqqoslaydigan bo’lsak yer bilan osmoncha farq bor .Xozirgi ayyolarimiz intiluvchan talabchan va ishbilarmondirlar ularni xar bir soxada uchratishimiz mumkin prizidentimiz ularga keng yo’llar ochib bermoqda ilgari ayollarimiz faqat uy ro’zg’or ishlari bilan band bo’lganlar uyda o’tirib farzandlari tarbiyasi bilan shig’ulanishgan uyda erkak ustunlik qilgan faqat ular ishlashgan xozir esa ayniqsa qishloq ayollarini fermerlik qilishayotganini ko’rib albatta diling yayraydi ,qishloq ayollarini faqat uy ro’zg’or ishlari band b’lib qolmasdan ular xam jamiyatimizga salmog’li xissa qo’shyabdilar shu bilan birga albatta uy ishlariga xam ulgirishyabdi
XASANOVA LAYLO
20 yosh
urganch shaxri
Ayol bu muqaddas zot. Ayolsiz xayotni tasavvur qilish qiyin. Xalqimizda ajoyib bir naqil bor “Ayol bir qo’lida beshikni tebratsa, bir qo’lida dunyoni tebratadi”. Bu naqilga men to’liq qo’shilaman. Chunki ayol kishi uy ro’zg’or ishlarini ham qiladi, farzandlar tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi va yana o’zining tashabbuskorligi bilan ham jamiyatga o’z hissasini qo’shadi. Bu ajoyib xislat egalarini maqtamasdan ilojimiz yo’q.
Bizning mustaqil O’zbekistonimizda ayol va erkaklarning tengligi qonunlarimizda mustaxkam belgilab qo’yilgan. Bugungi kunda ayollarimiz o’z mutaxassisligi bo’yicha o’zi xoxlagan korxona yoki firmada ish yuritiahi yoki o’zi mustaqil xolda o’zining tadbirkorlik faoliyatini boshqarishi mumkin.
Lekin shunday bo’lsa ham oramizda ayol va erkaklarning tengligini yoqlamaydiganlar ham topiladi. Ularning fikricha “ ayollarimiz faqat uy yumushlari bilan shug’ullanishi, ishlashlari shart emas bu faqat erkaklarning ishi” deb ularni ajratib qo’yishadi. Bu fikirga men qo’shilmayman. Axir xozirgi kunda taraqqiyot ancha ildamlab ketgan bir patrda nega ayollarimiz faqat uy ro’zg’or ishlari bilan chegaralanib qolishi kerak? Bu albatta noxaqlik. Ayollarimiz va erkaklarimiz teng xuquqlidirlar.
Matkarimova Fotima
16-yosh
Urganch 2009-yil.
Bola dunyoga kelib ona allasini tinglaydi hechqandae bir kuy ona allasidan ustin bo’laolmaedi.Ayol doeim farzandlari bahtin tahti haqida o’ylaedi . Biz o;qishga ketsak hafotir olib o’z vaqtida ovqat eyapdimi, uyqusi qanday, charchab horimayapdimi, yomon bolalarga qo’shilib qolmayapdii,darslarni uddalae olyapdimi deb onalarimiz bizdan hafotir olishadi.
Ayollarimiz qo’li gul har hil taomlar pshiriqlarni tayorlash borasida ularga teng keladigani yo’q.
Ayollarimiz quruvchi advokot arhitektor o’qtuvchi jarroh kasblarida o’z o’rnini egallagan jamiyatimizni ularsiz tasavvur etolmaymiz .O’zbek ayoli haqida qanch gapirsakham oz .
O’z hotiniga mehirmurivvatli bo’lsa oralaringizdagi eng yahshi kishidir.
Necha yillar qiynalib bola boqar onalar
Bu qilgan mehnatini bilarmikan bolalar
Do’stim senga maslahat hor bo’lmae desang gar
Bahtli bo’larsan Ona qadriga etsang agar.
Quromboeva Gulnoza
21 yosh
URGANCH 2009