Термез

Женщина бросает вызов

17 лет

Исмоилов Истамбек

Onam olam bo`lar-u
Olam onam bo`lolmas!

Ayol! Bu muqaddas so`zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qiyinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ona har doim o`z farzandini o`ylab yashaydi. Uni oq tarab, oq yuvintirib, hamisha go`zallik sari yetaklaydi. Ayol farzandining o`sib-unishi, ulg`ayishi, kamol topib el-yurt xizmatini bajo etib, beliga quvvat bo`lishini istaydi. Onalik mehri farzandining qalbiga uning oq suti orqali, 72 tomiridan oqayotgan qon orqali emas, aynan ona suti orqaligina farzand qalbiga singadi. Onalar beqiyos insoniy mehribonlik evaziga bolalarini tarbiyalab, mo`min qobil farzandlar qilib o`stiradi. Ayol! Mehri daryo, qalbi pok, tilimiz va dilimizning quvonchi, qo`shiq va kuylarimizning yaratuvchisi. Onalar o`z farzandlarini tarbiyalashda avvalam-bor ularga ya`ni farzandlarining go`dakligida ona allasi bilan ularning qaynoq qalbiga mehr-muxabbat va vatanga bo`lgan sevgisini-yu sodiqligini shu onalar singdiradi. O`zbek ayoli, o`zbek onasi, mehribon ona, vafodor rafiqa, jamiyatni boshqaruvchisi bir qo`li bilan beshikni, bir qo`li bilan dunyoni tebratuvchidir. Onalarning nurli nigohida mehr toblanib, chehrasi yal-yal yonayotgan maftunkor siymolarga boqib, unga bir umr ta`zim etib, mehr bulog`idan qonib baxramand bo`lging keladi. Hayotimizni nurafshon etgan saxovatlik, mehr- muxabbatni barcha olam go`zalliklarini baxshida etguvchi aziz inson ham o`zbek ayolidir.
Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne-ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Ra`no, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali-hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib- tarab, o`qishga, ishga kuzatgan, turmush o`rtog`ining ko`nglini hech ranjitmaydigan, ne desa hamki maslahatsiz ish qilmaydigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yegulilarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Shuncha qiyinchiliklarni yenggan ayol nahotki jamiyatni boshqarishda jonbozlik ko`rsata olmas ekan. Eh–he ayol dunyoni larzaga solguzchi, qalblarni to`lqinlantiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardan. Olloh hamisha ayol atalguvchi muqaddas zotga, o`zining eng suyukli bandalari qatoridan joy ato etsin! Ayol, hoh oila ishi, bola tarbiyasi, jamiyat ishi xattoki dala ishlari-yu davlat ishlarida ahamyatli o`rin tuta oladi. Nainki, xox inoning, xox inonmang Ayol borki olam munavvar.Oilamizning osoyishtaligi, tinch-totuvligini, baxtliligini ayol yaratadi. Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.
Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi ezozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir.
Islom olamining buyuk imomi al-Buxoriy, tasavvuf olamining tengsiz zotlari al-G`azzaliy, Abduxoliq, G`ijduvoniy, Yusuf Hamadoniy, Ahmat Yassaviy, Zangi Ota kabi buyuklarning buyukligi ona allasi va uning beqiyos mehr-u muxabbat va hikmatining beqiyosligidadir. Bu kabi ulug` zotlarning onalari hech kimning nazari tushmagan, mohichehra, mehrigiyo kabi ziyoli ayol bo`lganliklari haqida tarix zarvaraqlaridan anglash unchalar mushkul emas. Ona buyuk, uning amallari undanda buyuk. Ayol ya`ni ona hech qachon farzandiga yomonlik tilamaydi. Dunyoda qancha ezgulik bo`lsa, uning barini farzandi-arjumandiga ravo ko`radi. Farzandining onasi uchun uning ertasi va beli quvvatdan qolganda suyanchig`i bo`lmog`i har bir farzand uchun eng muqaddas burch. Men dunyodagi barcha ayollarga olamdagi, qalbimdagi, yuragimda mavj urayotgan ummon kabi cheksiz va tinim bilmas ezgulik hamda qalbimdagi barcha sof va pokiza tuyg`ularimni ayollar uchun chin yurakdan tilab, ularga oilalarida oilaviy baxtga, bir-biridan shirin shakar farzandlarga, rizq-ro`zga, bitmas tugamas sihat-salomatlikka ega bo`lishliklarini Ollohdan tilayman. Ayol! Bu so`z hamisha qalbimda qalbimni to`lqinlantiruvchi va yuragimni jo`mbishga soluvchi muqaddas so`z bo`lib qolaveradi. Shoir aytganidek olam yaratuvchisi va go`zalliklarining nishonasi ayol. Ayol qalbidagi sof tuyg`ularning ila olamni yo`rug` ayla, shoir aytganidek ona degan nom bitta! U hayotimizga nur ulashuvchi shula, Ayolga ta`rif bermoqqa men-u siz baribir ojizmiz. Chunki….

Пример для подражания

13 лет

Сайфуллаева Диёра

Adab-fe`lu tabiat oroyishi,
Adab-axvolu holat osoyishi.
Adab- husnu jamolning jonidur jam,
Adab- ko`klam kamolning jamidur ham.
Ilk maktab ostonasiga qadam qo`yganimda u kishi mening qo`limdan tutib qo`rqma qizim yoningda men borman degan inson. Xodjamberdiyeva Shoxida Nazarovna haqida yozmoqchiman. U kishi bag`oyatda chiroyli, shirin so`z, kamtar bir insonlar. Bizning yurtimizda ham shunday kamtarona ayollar borligidan hursandman. U kishi maktabimizdagi eng ibratli, hammaga yo`l ko`rsatadigan ayoldirlar. U kishini hamma yaxshi ko`radi. Bitirib ketgan o`quvchilari u kishidan ahvol so`rab kelganlarida men ham hursand bo`lib ketardim. Hozirda ham u kishi kelajak avlodga bilim berish bilan mashg`uldirlar. Men bu mavzuda ko`p marta yozmoqchi bo`lganman lekin o`zimga kuch topaolmaganman. Bugungi kungacha bir-qancha ustozlar bilan muomalada bo`ldim o`qidim, o`rgandim lekin ustozimdaka mehr qalbimda iliqlik bo`lmadi. U kishi O`zbekistonda tanilmagan bo`lsalarda har bir o`quvchilarni qalbidan yuragini to`ridan joy olganlar degan umiddaman. Ustozim to`rt yil menga saboq bergan bo`lsalar u kishidan to`g`ri so`zlikni shirin suhanlikka, kamtarlikni ayniqsa kim bilan qanday munosabatda bo`lishni insonlar ko`ngliga qanday kirishni o`rgandim. Ustozim kelajakda katta mukofotlarga, muvaffaqiyatlarga erishishlarini hohlayman. O`qituvchi so`zini eshitsam ko`z o`ngimda u kishi sur`atli nomoyaon boladi, qalbim yorishadi.
Mangu esaver Termiz yillari
Toki nur taralgay Termiziylari
O`tdi bu tuproqda neki jon border
Xazrat Yassaviy bor, Turkiston bordur.
Amudaryolari abadiy azim
Manguberdilari mangu Xorazm
Ulug` Temurxonning shavkati shoni
Shahrisabz Samarqand jahon ayvoni
Dunyo g`urbatiga nazar tashlablar
O`tdi Bobur-u, o`tdi Mashrablar.

Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License