Ургенч

Пример для подражания

16 лет

Niyozmetova Zuhra

Jannat-onalar oyog’i ostida

Men sevgan va xavas qilgan, men kabi ko’p insonlarga o’rnak bo’la olishni mumkin bo’lgan ayol- mening buvijonim xisoblanadi.Buvimning ismlari-Sharifaxon. U kishi xozir qarilik nafaqasida. Buvijonim ko’p yillar davomida shaxar aloqa bo’limida katta telefonistka vazifasida xalol mexnat qilganlar. O’zining 30 yillik umrini kishilarning uzoqini yaqin, og’irini yengil qilishga sarf qilganlar. Xozirgi zamon aloqalari-internet, uyali telefonlar hali taraqqiy qilmagan davrlarda, ularning mashaqqatli mexnatidan odamlar unumli foydalanganlar. Jamiyatda ayolning tutgan o’rni beqiyosdir. Turli davrlarda ayollar erkaklar bilan bir qatorda turib mexnat qilib, oilaning sevimli bekasi bo’lib, farzandlariga mexribon onalik qilishni ham uddalaganlar.
Onalar bir qo’li bilan beshikni, bir qo’li bilan esa dunyoni tebratadi deyishadi. Har bir odamning buvisi o’ziga yaxshi deyishlari ham mumkin. Lekin mening buvijonim hazrati inson ekanligini mana shu insho orqali bayon qilishga axd qildim. Mening buvijonim bobomga turmushga chiqqanlarida, u kishining oldingi oilasidan qolgan 3ta o’g’li bo’lgan. Buvijonim ana shu 3ta o’g’ilni oq yuvib, oq tarab, butun mexrini, qalb qo’rini, kerak bo’lsa ularga o’z umrini baxshida qilgan ayol xisoblanadi. Mening dadam ana shu o’g’illarning eng kichigi ya’ni 2yashar paloponi xisoblanadi. Hali tili chiqib ulgurmagan bola unga juda mexrini berib, “ona” deya atay boshladi. Yillar o’tishi bilan oiladagi bolalar soni 9taga yetdi. Ularning har biri bilan aloxida darslarga ulgurish, issiq-sovug’idan tez-tez xabar olib turish, ularning ovqatiyu kir-chirlariga qarash bilan birga jamiyatdagi va jamoadagi o’rnini ham unutmay mexnat qiladi.
Xozirda televideniyada va matbuotda mexribonlik uylariga tashlab ketilayotgan norasida go’daklarning soni ortib borayotganligi xabar qilinadi. O’z farzandlaridan voz kechgan ayollarni ko’z oldimga keltirganimda, buvijonimning saxiy mexr egasi, qalbi daryo ona ekanligini juda qalbimdan xis qilaman. Xozirgi kunda buvijonim 30 nafar nevarasi, 6 nafar evarasi davrasida qarilik gashtini surayotgan baxtli ayollardan biri xisoblanadi. Uning buyuk qalb egasi ekanligini, farzandlarini bir-biridan ayirmasdan, ularga bildirilgan ishonch, iymonli va komil farzandlar qilib tarbiyalaganligining o’zidayoq o’z ifodasini topgan. Qarindosh-urug’lar orasidagi mexr-muxabbatni, insonparvarlik ruxida tarbiyalangan barcha farzandlari xozirda ishlab chiqarishning turli soxalarida mexnat qilib kelmoqdalar. Buvijonim saranjom-sarishtalikni juda yoqtiradi. Biz qiz nabiralaridan ham shuni talab qiladi. O’zining pazandachilik sirlarini bizga hech erinmasdan, ikkilanmasdan o’rgatadi. “Ona qizim”,-deydi buvim, “sizlar bizning oilamizning sharafi xisoblanasiz. ertaga bir joyga kelin bo’lib borganda hech qiynalmasdan hamma yumushlarni bemalol bajarishga shay turinglar”,-deb qayta-qayta ta’kidlaydilar. Chunki xozirgi yoshlarning oilaga tayyor bo’lmay turib turmushga chiqishlari orqali bir qancha oilalar buzilib ketmoqda.
Uyda qari bor bo’lgan uy fayzli, barakatli bo’ladi. Buvijonimning har bir so’zi o’zi bir xayot maktabi ekanligini bilaman. Buvijonimning eng ko’p zikr qiladigan xadislari”uylarning ichida eng yaxshi uy-yetimlar siylanadigan uydir”.
Buvim yolg’onlik, o’g’rilik, g’iybatdan, xasadgo’ylikdan saqlaninglar. Saxiylikni, xotamtoylikni, odillikni, adolatni qadrlanglar. Shunda el orasida e’tiborga, xurmatga sazovor bo’lasizlar deydi. Olimlar suxbatidan ko’proq baxramand bo’linglar. Chunki, gul yonida o’tirgan odamga gul xidi urib turadi. Hamma vaqt ilm olishga intilinglar deb o’rgatadilar.
Buvijonimning xayot yo’li biz farzandlari kabi ko’pchilik qizlarimizga o’rnak bo’lsa arziydi. Uning qaynoq mexrini, jo’shqin muxabbatini biz har doim xis qilib yashaymiz.

Пример для подражания

16 лет

Ruzmetova Amina

Ayol! Bu so’z zamirida olam-olam ma’no bor. Ayol nafaqat oilada, balki jamiyatda o’z o’rniga ega. Oilani ayol siz tasavur etish qiyin. Chunku uyda farzandlarga qaraydigan, uy ishlarini bajaradigan va o’z turmush ortag’iga har tomonlama ko’mak beradigan inson- bu ayol. Ko’plab insonlar , ayol kishi faqat uyda farzandlariga qarashi lozim deb xisoplaydilar. Lekin jamiyatimizni ayollarimiz ham tasavvur etish qiyin , albatta! Chunki ayol-“bir qolida beshikni, bir qolida dunyoni tebratadi”.
Xozirgi kunda jamiyatimiz xayotida ayollar epchil bo’lib ketishyabti. Bu yaxshi, chunki ayol kishi ham, erkak kishi qiladigan ishlarki bajara olishi mumkin. Lekin ko’p insonlar bunday ayollarni xato tushunishadi. Shu kabi insonlar ko’paymasligi uchun ham, ayollar ko’proq o’z orzu istaklariga e’tibor berishlari kerak.
Jamiyatimizda ro’zg’orni ham, ishni ham eplayotgan mukammal insonlarni bilaman. Shunday insonlardan biri Nargiza opa Mirovnadur. Bundan bir yil oldin, , men ham ayol kishi faqat ro’zg’or ishlarida faol bilishi lozim deb xisoblar edim. Lekin, Nargiza opam o’tkazgan ko’plab suxbatlarda qatnashganimdan so’ng, fikrlarim o’zgardi.
Ya’ni ayol kishi erkak bilan teng xuquqli degan fikrga keldim. Nargiza ustoz bilan tanishganimda , juda xayron qoldim, Chunki kungacha bu kabi keng fikirlaydigan, faqat jamiyatimizni , yoshlarimizni oylaydigan inson borligidan quvondim. Nargiza ustozim nafaqat ayol, balki ishbilarmon, keng fe’lli inson ya’ni komil inson. Komil inson har tomonlama mukammal bo’ladi. Men eng hayratga solgan narsa shuki, oilani ham, ishni ham farzandlar tarbiyasini ham, bir vaqtda olib borish, albatta murakkab ish, ma’suliyatli vazifa, desak xato bo’lmaydi.
Men yoshligimdan Advaqatlik kasbiga va doimo insonlar og’ri yengil qilishni o’rzu qilganman. Lekin bu kasb ayol kishi uchun ulkan maxorat talab etishini inobatga olgan xolda , bu orzuyimdan voz kechmoqchi bo’lgan edim, lekin birinchi bor Nargiza ustozim bilan suxbat qurganimdan so’ngina , o’z orzularimga erishishga harakat qilishiga o’zida kuch topganday bo’ldim.
Nargiza ustozim doimo biz o’quvchilarga shunday deydi: “ O’qinglar, o’rganinglar albatta bu xayotda , ishda o’z samarasini beradi” deydilar.Men shu qadar ajoyib so’zlarni eshitganimdan so’ng , o’rzularimga qanday bo’lmasin , qanchalar qiyinmayin erishishga harakat qilishishni o’z oldimga maqsad qilib oldim.
Kelajakda men ham , ustozim singari komil inson bo’lishga ya’ni ro’zg’orni ham , ishni ham va jamiyatimiz rivojiga xissa qoshishni ham bir vaqtda olib borishga harakat qilaman. Bu bilan men ayol kishi , hech qachon erkak kishidan qolishmasligim va ular teng xuquqli ekanliklarini isbot qilmoqchi man.
Barcha ayollarga , xususan yoshlarga maslaxatim, doimo harakatda bo’lishini , hech qachon orzularidan voz kechishmasin , asosiy jamiyatimizda ayollar o’rni naqadar muxim ekanligini isbot qilishsin deyman.
Shuni unitmangki, ayol kishi mamlakat va jamiyat xayoti uchun qoldan kelganicha harakat qiladi va xayotda o’z o’rniga ega ekanligini isbot qiladi.

Женщина бросает вызов

16 лет

Matkarimova Zyu’lal

Ayol- dunyonadagi mo’tabar inson. Menimcha ayollarsiz xayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Meni bu ikkinchi insho mavzusini tanlashimga sabab, ikki turli xil jamiyatga xos bo’lgan ayollarning hayotini taqqoslashdir. Aytaylik, qishloq ayoli bilan shahar ayoli o’rtasidagi farq juda katta. Qishloq ayoli mexnatkash, uy ro’zg’orni yaxshi biladigan ayoldir. Lekin achinarli tomoni shaxar ayoliga nisbatan qishloq ayolining ma’naviy olami qashshoq bo’ladi. Nega shunday? Axir hamma ayollarimiz ham bir-ku? Bunga asosiy sabab qishloq ayollari faqatgina uy-ro’zg’or, bola-chaqa boqish bilan chegaralanadi. Lekin unday bo’lmasligi kerak. Ular ham o’qib, yutuk shaxs bo’lishib jamiyatimizga katta foyda keltirishlari kerak. Menga bugungi seminarni mavzusi juda yoqdi. Chunki men ham bu mavzu tarafdori man. Nega endi faqat erkaklarimiz o’qib bilim olishlari kerak? Ayollarni ulardan nimasi kam? Dunyoda qanchadan qancha o’qimishli ayollar bor. Shu asosida men ham kelajakda o’qimishli qiz bo’lmoqchiman. Yurtimizni yanada yuksalishi uchun faqat erkaklar emas, balki ayollar ham o’z xissalarini qo’shishlari kerak. Shunday ayollar borki , ularga xavas qilasan . Men bunday ayollarga misol qilib ikkita shaxsni yozmoqchiman.Biri maktabimizning geografiya fani o’qituvchisi Davletova Oygul ustoz va o’zimning keksa buvimdir. Ustozim xaqida yozadigan bo’lsam, ular har tomonlama yutuk ayoldir. Ular oqimishli , mexribon, jamiyatda o’z o’zlarini topgan ayoldir. Meni unga juda xavasim keladi. Kelajakda men ham ularga o’xshashni xoxlayman, faqatgina uy- ro’zg’or bilan chegaralanmay. Meni orzuim chet ellarga borib, ularni madaniyatlarini o’rganishir. Buvim qishloq ayoli bo’lishiga qaramay, buvam bilan birga qonun soxasida ishlaganlar. Ular qariyib qirq yil davomida axloqi buzuq bolalarni tarbiyalash bo’limida ishlaganlar. Xozir ular sakson ikki yoshda bo’lishlariga qaramay hech tirib- tinchimaydilar. Ular yetmish yoshdan beri o’zi sevgan xunar bilan shug’ullanayapdilaru. Ularga xavas qilsam arziydi. Ularning qilgan ishlari jamiyat uchun katta foyda keltiryapdi. Meni maqsadim, qishloq ayollari ham o’zi sevgan ishlari bilan shug’ullanishlari kerak. Prezidentimiz aytganidek, biz xalqni nomi bilan emas balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz . Bizni urf- odatlarimiz juda qadimiy, shuning uchun ham bizning munis ayollarimiz boshqa yurt ayollariga qaraganda judayam ibolidirlar. Shunday ekan bunday ayollarni qadrlab, ularga ham katta axamiyat berishimiz kerak. Ayollarimiz ham yurtimizni yuksalishida o’z xisalarini qo’shsa deyman. Meni niyatim o’z yurtim madaniyatini butun dunyoga mashxur qilishdir.

Женщина бросает вызов

16 лет

Vaisova Indira

Bizning xayotimizda ayollarimizni o’rni juda katta deb o’ylayman. Shunday ayollarimiz borki ular xayotda juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladilar.Ayollarimiz ro’zg’or yumoshlarini bajarishda ham katta ahamiyatga ega. Ba’zi bir ayollarimiz borki ular biror bir kasbni yoki xunarni egallaydilar. Hozirgi zamonda shaxarlik ayollarimiz o’rtasida juda ham katta farq bor. Shaxarlik ayollarda juda ham katta imkoniyatlar yaratilgan bo’ladi. Qishloqli ayollarimizni mexnati juda ko’p bo’ladi. Ular kech-yu kunduz tinmay mexnat qilishadi.Masalan men o’z ammamni oladigan bo’lsam u xayotda juda ko’p qiyinchiliklarga duch kelgan. Bolalari kichkina paytidan ularni o’z mexnati orqali voyaga etkazdi. Xozirda bolalari biror bir kasbni egallab uni ustasi bo’lib kelmoqdalar. Shaxarlik ayollarimiz o’qimishli ziyoli bo’lishadi. Ular o’z qancha imkoniyatlar yaratilmagan bo’ladi. Qishloqda ham bir yarim o’qimishli ayollarimiz bo’ladi. Ular o’z kasbini ham juda sevib, o’zining kasbini ustasi bo’lab chiqishadi. Men ham katta bo’lganimda o’qimishli, ziyoli bo’lishga harakat qilaman. Xayotimizda shunday odamlar uchraydiki , ularga bir umr xavas qilib yashaymiz.Ular xayotda doimo izlanib yashashadi. Masalan, men maktabimizdagi Davletjonova Oygul ustozga juda ham xavas qilaman. Ular doimo izlanib yashaydi. Ular har tomonlama o’qimishli ziyoli va zukko inson. Ularni maktabimizda hamma o’qituvchi va o’quvchlar xurmat qilishadi. Yana misol qilib Tadbirkor insonlarni olishimiz mumkin. Ular o’z vatani uchun jonini ham ayamaydilar. Ularning vatanimizni gullab yashnashida juda ham o’rni katta deb oylayman. Ular bizga paxta , bug’day, axolilarni yetkazib bermoqdalar. Men yana shifokor ayollarimizga ham xavas qilaman. Ular o’zi yurtidagi insonlari shuningdek , o’z ota-onamni sog’ –salomat bo’ lishlarini tilayman. Ayollarimiz doimo izlanib yashashsa, ular o’z kelajagini o’zi qura bilishi mumkin. Ayollarimizni jamiyatni rivojlanishi uchun ham axamiyati katta. Ayollarimiz doimo izlanib yashashsa hech qanday qiyinchilikka duch kelishmaydi. Men ham katta bo’lganimda doimo izlanib yashayman.
Aziz ustoz-muallim
Berdingiz a’lo ta’lim
Bag’ri keng bolajonsiz
Mexr bulog’I lim-lim
Qalbingizda bir olam
Umid bilan yashaysiz
Shu bois ham mo’tabar
Onalarga o’xshaysiz
Ma’rifatning ziyosi
Nuri bor yuzingizda
Xatto tunlari yulduz
Bedordir ro’zingizda
Ham ota siz ham ona
Qadirlab etay e’zoz
Barcha iliq kalomlar
Sizga mualim ustoz

Друг для друга

16 лет

Mahmudova Zulxumor

Bilamizki O’zbekiston endi rivojlanib borayotgan davlatlardan biridir. Uning rivojlanishi uchun bir qator qonunlar belgilab qoyiladi. Jamiyatning rivojlanishida uning har bir a’zosi, ya’ni har bir fuqorosi teng xuquqga ega bo’lishi kerak. Shu tufayli xozirda erkaklar va ayollar teng xuquqga ega shaxslardir. Bu qonun “Ming yillik rivojlanishining” maqsadlaridan biri hamdir. Bu qonun hamma uchun , ayniqsa ayollar uchun juda katta imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, ilgari ayollarning imkoniyatlari cheklangan edi. U jinsi tufayli oilada erkaklardan keyin qo’ilar edi. Oilada kimnidir o’qimishli qilish lozim bo’lsa ham oldin og’il bolalarning o’qishiga e’tibor berilar edi va ularga ko’proq imkoniyatlar ochib berilar edi. Ayolarning aksariyat qismi faqatgina uy- ro’zg’or ishlari bilan banf bo’lar edi. Ayollar mustaqil biror ko’rxona ocha olmasdi, biror loyixani bajara olmasdi, hech bir ishga raxbarlik ham qilolmasdi. Lekin, biz yashab turgan zamonamizda ularning imkoniyatlari cheksizdir. Biz xozirgi vaqtda o’z tashabbusi, aql-idroki, zakovat bilan yuksak darajaga erishayotgan ayollarni eshitamiz Bu kabi voqealar qonun kuchga kirganidan dalolatdir.
Biz ko’plab erkaklar va ayollar birga ko’rxona, maktab, universitet, idora va boshqa maskanlarda ishlaydigan xolatlarni uchratamiz. Bu kabi maskanlarda ularning jinsiga qarab ajratib qo’yishmaydi, balki ular bir maqsad bilan ko’plab ishlarni amalga oshirishadi. Ular turli qobiliyatga egalardir. Ular bir- birining kuchli tomonlaridan foydalanib bir o’zlariqila olmaydigan buyuk ishlarini bajaradilar. Masalan, maktab va universitetlarni olaylik. Bu maskanlarda turli xil jins egalari birgalikda , bir maqsad bo’yicha mexnat qilishadi. Ular o’quvchilarga, talabalarga ma’naviy ozuqa beradi. Lekin, ular bir xil qobuliyatga ega emas, ba’zilari bir fandan dars bersa , ba’zilar boshqa fandan bo’yicha ta’lim beradi. Ammo o’quvchi o’qituvchilarning har biridan taxsil oladi. O’quvchi barcha o’qituvchi tufayli yuksak bilim egasi bo’lib yetishadi va undan jamiyat rivojlanishida katta axamiyat kasb etuvchi shaxs yetishib chiqadi.
Yuqorida otib o’tganlarimning hammasi xayotiy xaqiqatdir. Shu tufayli ham mamlakatimaz kundan kunga rivojlanib borayipti. Insonnig yakunida shunday xulosaga keldim. Har bir inson o’z xuquq va erkinliklarini bilgan xolda yashashi kerak!

Друг для друга

19 лет

Слюдеева Таисия

Наверняка у каждого человека есть свой кумир, идеал, и не исключено, что это может быть женщина . Если взять в пример ребёнка в возрасте от двенадцати до шестнадцати лет , то многие из них хотят быть похожи актёров, певцов, любимых спортсменов. А если говорить о тех кто по старше , то многие из них ставят себе в пример своих Родителей. Мать и Отец, Женщина и Мужчина – Родители . Но кто же из них является большим подражанием? Я Слюдеева Таисия Георгиевна хочу высказать свою мысль по поводу гендерных стереотипов-прав.
Равноправие во всё не возможно . Я лично к этому и не стремлюсь ,считая, что женщина и мужчина разные , и равнять их в некоторых ситуациях просто нелепо. Но я против каких либо ущемления прав. Некоторые женщины хотят самоутвердиться , сделать себе карьеру не хуже лучших мужчин- это их право , если они умны и прочее, так вперёд! Ни что им не должно мешать, тем более глупые рассуждения «Да, что могут женщины». Так же и с мужчинами .Можно допустить их в какие то сугубо «женские» сферы деятельности. Обмен опытом ни когда не был лишним, но он должен проявляться уважением друг к другу.Наверное все согласятся с мнением , что ни кто не станет ожидать от девушки , что она может дать сдачу , как здоровый бугай. А от парня ни кто не потребует рожать детей.
Физическая сила и является одним из неравностей между женщиной и мужчиной.
Когда век начинался женщины как впрочем и мужчины покланялись Богу. Женщины же считали Бога идеалом. И так как они не могли прикоснуться к реальной личности Бога они покланялись своим мужьям. В свою очередь мужчина был лидером семьи , должен был прокормить т.е. содержать своих родных.
Женщины матери - были хранительницами очага, они содержали дом в чистоте, готовили еду, шили, вязали, и т.д., ну и конечно же заботились о детях и своих кормильцах.
В сегодняшние же дни женщина может сделать себе карьеру и развит себя в высь. Но заботы дома, мужа, быта не куда не пропали. Просто женщина стала преуспевать в делах, а объём работы её только увеличился. Женщины открывают своё дело, бизнес, фирмы. Становятся руководителями, директорами. И при этом обагревают теплом своих родных.
С точки зрения женщин, некоторые мужчины становятся бездельниками. И даже работа для них становиться тягой. Они переваливают со своих плеч все проблемы и заботы на жён, и становятся более беззаботными, не говоря уж о воспитании своих детей.
Можно бесконечно привадить примеры отношений женщины и мужчины во взглядах на жизнь, но равенство в них не обнаружить.

Личное мнение от Таисии.

Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License